Jamiyat | 12:59 / 19.11.2015
4912
2 daqiqa o‘qiladi

Gender tenglik reytingida Islandiya birinchi o‘rinni egalladi

Xalqaro iqtisodiy forum Global Gender Gap 2014 xalqaro gender tengligi indeksini e'lon qildi. Unda dunyo miqyosida ayollar va erkaklar tengligi qay darajada ta'minlab berilayotgani ko‘rsatildi. Ro‘yxat 124 davlatning ko‘rsatkichlarini qamrab oldi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gender tenglikni ta'minlash borasidagi ishlar eng yaxshi Islandiyada yo‘lga qo‘yilgan. Uning reytingi 0.8594 ballni tashkil qildi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Finlyandiya va Norvegiya egalladi. O‘nlikka, shuningdek, Shvetsiya, Daniya, Nikaragua, Ruanda, Irlandiya, Filippin va Belgiya kirdi.
Oxirgi o‘rinni 0.5145 ball bilan Yaman egalladi. Undan biroz yuqoriroq natijalarni Pokiston va Chad ko‘rsatdi.

Reytingda Belarus 32-o‘rinni egalladi. Bu MDH davlatlari ichida eng yaxshi natija bo‘ldi. Qiyos uchun, Ukraina 56, Rossiya 75, Ozarbayjon 94, Armaniston 103-o‘ringa qo‘yildi.
O‘rta Osiyo mintaqasiga kelsak, Qozog‘iston 43, Qirg‘iziston 67, Tojikiston 102-o‘rinlarga ega bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish