Jamiyat | 14:18 / 21.11.2015
2451
1 daqiqa o‘qiladi

Valensiyada Pikassoning soxta kartinalarini 160 mln yevroga sotgan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Ispaniya politsiyasi 8 nafar shaxsni rassom Pablo Pikasso (1881-1973) suratlarining soxta namunalarini 160 mln yevroga sotganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Bu haqda Valensiya muxtor viloyati hukumati xabar tarqatgan.

Ma'lum bo‘lishicha, bu guruhni qo‘lga olish maqsadida maxsus amaliyot o‘tkazilgan. Yaqin vaqtlar ichida bu ish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berilishi kutilmoqda.

Pablo Pikassoning kartinalari dunyodagi eng qimmatbaho san'at asarlari sirasiga kiradi. Uning 1932 yilda ishlangan "Nude, Green Leaves and Bust" nomli asari 2010 yilda Christie's v kimoshdi savdo uyida 106 mln yevroga pullangandi. Uning 1955 yilda chizilgan "Algerian women" (Aljir ayollari" Versiya O ) asari esa 179,4 mln yevroga baholangan.