Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biologlar Braziliyadagi g‘orlardan biridan Gollumni topib olishdi
Biologlar Braziliyaning janubi-sharqidagi g‘orlardan birida o‘rgimchaksimonlarning yangi turini aniqlashdi. Unga Jon Tolkinning “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining qahramonlaridan biri – Smeagol (Gollum) sharafiga Iandumoema smeagol nomi berildi. Yangi topilma tafsilotlari ZooKeys jurnalida keltirildi.
Nam va qorong‘u g‘orlarda uzoq yillar yashagan Braziliya gollumlari noyob xislatlarga ega bo‘lishgan: ularning organizmi melanin ishlab chiqarmay qo‘ygani bois tanalari sarg‘ish tusga kirgan. Bundan tashqari, Iandumoema smeagol ko‘rish a'zolaridan mahrum. Ular o‘laksaxo‘r bo‘lib, g‘orni tark etmaydi.
Olimlar yangi turning g‘orlardan chetda yashashga moslashmagani bois bu turga xavf tug‘ilishi mumkinligini ta'kidlamoqda.