Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Polshalik futbolchi darvozabonni aldab o‘tib ham gol ura olmadi
Polshaning «Rux» jamoasi yarim himoyachisi Milosh Pshibetski ichki chempionatning 28-turida «Korono» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda omadsizlikka uchradi. U bo‘sh qolgan darvoza qarshisiga chiqib borib ham, to‘pni unga kirita olmadi.
O‘yinning 13-daqiqasida u darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borgan va uni aldab o‘tgan. Ammo u to‘pni darvoza ustuniga tekkizgan. Qaytgan to‘pni esa darvozabon egallab olgan. Yakunda «Rux» 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
*no comment* #KORRCH pic.twitter.com/u5kExnmvBv
— Piłka & Nożna (@OwskiMateusz) April 10, 2017