Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada xokkey o‘yini vaqtida maydonga 28 mingdan ortiq o‘yinchoq ayiqlar tashlandi
Kanadaning «Kalgari Xitmen» xokkey jamoasi muxlislari 21 marta Petro-Canada Teddy Bear Toss xayriya aksiyasini uyushtirishdi.
«Skoushabenk-Sedldoum» muz maydonida G‘arbiy xokkey ligasi doirasidagi «Kalgari Xitmen» — «Svift Karrent» o‘yini boshlanganishidan ko‘p vaqt o‘tmasdan muxlislar 28 815 dona o‘yinchoq ayiqchalarni maydonga uloqtirishgan va bu orqali o‘tgan yilgi rekord yangilangan. E'tiborli jihati, shu kuni tribunada 20 ming nafardan ortiqroq muxlis bor edi.


Maydondagi o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib olish uchun 40 daqiqa sarflangan.

Bu ayiqchalar mahalliy xayriya tashkilotlariga beriladi.

Ma'lumot uchun, bu muz arenasida muxlislar 1995 yildan beri shunday xayriya fleshmobini uyushtirib kelishadi. O‘tgan vaqt davomida muxlislar 300 mingdan ortiq o‘yinchoqlarni maydonga tashlashgan.