Jahon | 23:02 / 13.12.2015
3077
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Bangladeshga 1974 yildan beri eng katta kredit taqdim qiladi

Yaponiya hukumati Bangladeshga infratuzilmaviy va investitsion loyihalarni rivojlantirish uchun 1,1 mlrd dollar kredit taqdim qiladi. Bu kredit 1974 yildan beri taqdim qilinadigan eng yirik kredit bo‘ladi, deb ma'lum qilindi Yaponiyaning Dakkadagi elchixonasida.

Loyihalar orasida Bangladeshning ikki yirik shahri: Dakka va Chittagongdagi energiya tizimini mustahkamlash bor. Bundan tashqari, pullar sog‘liqni saqlash tizimi va binolarning xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha loyihalarga yo‘naltiriladi. 40 yilga beriladigan kreditga 0,01 foiz stavkasi amal qiladi.

Bangladesh, shuningdek, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va AQShning xalqaro taraqqiyot agentligidan xorijiy yordam oladi. O‘tgan oy bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xalqaro hamjamiyat mamlakat rahbariyatini xorijiy hamkorlardan bog‘liqlikni kamaytirish va yirik loyihalar ustida xususiy sektor bilan yaqindan ishlashni boshlashga chaqirdi.