Sport | 15:31 / 22.12.2015
2326
1 daqiqa o‘qiladi

Guardian: Vinchentso Yakvinta mafiyaga aloqadorlikda gumon qilinib, sud oldida javob beradi

Italiyada “Ndrangeta” mafiya guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan 140 kishi sud oldida javob beradi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Jinoiy guruh tarafdorlari ichida mahalliy biznesmenlar, kriminal yetakchilar, “Yuventus”ning sobiq futbolchisi Vinchentso Yakvinta va uning otasi bor.

“Ndrangeta” guruhi jahonda kokain savdosining katta qismini nazorat qiladi va ayni paytda Italiyaning shimolida ta'sirini kuchaytirishga urinmoqda. Politsiya guruhni “Yevropadagi eng faol, boy va kuchli sindikat” deb hisoblamoqda.