Jahon | 14:24 / 28.12.2015
6695
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada IShID jinoyatlari haqida film olayotgan suriyalik jurnalist o‘ldirildi

Suriyalik jurnalist va dokumentalist Naji al-Jyerf Turkiya janubi-sharqida otib ketildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Ushbu ma'lumotni “Raqqani sekin-asta o‘ldirmoqdalar” tashkiloti ham tasdiqladi.

“Rejissyor, ikki farzandning otasi Naji al-Jyerf bugun Turkiyada, G‘oziantepda otib o‘ldirildi”, - deb xabar berildi tashkilotning Twitter’i orqali.

Jurnalist ayni kunlarda IShID guruhining jinoyatlari haqida hikoya qiluvchi film ustida ishlayotgan edi.

Ilgari u Suriya urushi haqida film chiqargan edi. Bundan tashqari, al-Jyerf Hentah gazetasining bosh muharriri edi.