Jahon | 09:59 / 29.12.2015
2222
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Iroqni Ramadining ozod etilgani munosabati bilan qutladi

Pentagon rahbari Eshton Karter Iroq hukumatiga iroqlik harbiylar Ramadi shahrini IShIDdan ozod etgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

"Hozirda Iroq hukumati uchun muhim pallalar... bu imkoniyatdan foydalanish va shaharni IShID qo‘lidan qaytarib, Ramadida tinchlikni ta'minlash kerak", degan u.

Bundan oldinroq, Fransiya prezidenti Fransua Olland ham Ramadining ozod qilinishi munosabati bilan Iroq hukumatini tabriklagandi.

27 dekabr kuni Iroq armiyasi Ramadida mamlakat bayrog‘ini o‘rnatdi

Kerri: Ramadi shahrining bir qismi hali ham IShID qo‘lida qolmoqda

Iroq bosh vaziri: 2016 yil Iroqning IShID ustidan g‘alaba qiladigan yili bo‘ladi