Jamiyat | 11:54 / 05.01.2016
18338
2 daqiqa o‘qiladi

Mendeleyev jadvaliga to‘rtta yangi unsur kiritildi

Mendeleyevning davriy jadvali to‘rtta yangi unsur bilan to‘ldirildi. Xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi (IUPAC) saytida xabar qilinishicha, yangi unsurlar 113, 115, 117 va 118-atom raqamlari ostiga joylashtirilgan.

Yangi unsurlarni olishdagi asosiy qiyinchilik shundan iborat ediki, ular yengilroq moddalarning muqaddam noma'lum izotoplariga bo‘linib ketadi. Barcha yangi elementlar sun'iy ravishda sintez qilingandir. Tabiatda urandan og‘irroq (ya'ni atom raqami 92dan ortiq bo‘lgan) unsur mavjud emas. Atom raqamlari element atomi yadrosidagi protonlar sonini aks ettiradi.

RIKEN instituti olimlari Mendeleyev jadvalining “yaponiy” nomli 113-unsurining kashfiyotchilari deb tan olindi. 115, 117 va 118-unsurlar Dubnadagi (Moskva) Birlashgan yadroviy tadqiqotlar instituti, Livermor milliy laboratoriyasi (Kaliforniya) va Ok-Rij milliy laboratoriyasi (Tennessi) xodimlaridan iborat birlashgan AQSh-Rossiya ilmiy xodimlari guruhi tomonidan ochildi.

Yangi elementlarga vaqtinchalik ununpentiy (ununpentium — Uup), ununseptiy (ununseptium — Uus) i ununoktiy (ununoctium — Uuo) nomlari berildi, besh oydan so‘ng davriy jadvalda ularning haqiqiy ismlari va 2 harfli ifodalari paydo bo‘ladi.
2011 yilda Mendeleyev jadvaliga ikki yangi element kiritilgan edi. Bular 114 va 116-raqamli flevoriy va levirmoriylardir.