O‘zbekiston | 10:25 / 08.01.2016
33189
1 daqiqa o‘qiladi

Endi har bir haydovchining avtomobilida maxsus nimcha bo‘lishi shart

2015 yilning 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 martidan boshlab bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganyangi tahrirdagi "Yo‘l harakati qoidalari" amalga kiritiladi.

Unga ko‘ra, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida bir qator yangiliklar joriy etildi. Yangi qoidalarda tunggi vaqtlarda haydovchilarga nur qaytaruvchi maxsus nimchalarni kiyib olish majburiyati yuklatildi.

Endilikda har bir transport vositasida tibbiyot qutichasi, o‘t o‘chirgich, majburiy to‘xtaganni bildiruvchi belgi bilan birgalikda nur qaytaruvchi maxsus nimchalar ham bo‘lishi shart, bu haqda IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev Darakchi.uz'ga ma'lumot berdi.