O‘zbekiston | 09:27 / 11.01.2016
4091
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda karboksilmetilsellyuloza ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Poytaxtimizdagi “Promxim Impex” MChJ sanoatning turli jabhalarida keng qo‘llaniladigan karboksilmetilsellyuloza ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi ma'lumotiga asoslanib 12newsyugya xabar bermoqda.

Mazkur mahsulotdan yuvish vositalari ishlab chiqarishda, mis-nikel va kaliyli rudalarni to‘yintirishda, neft-gaz va sanoati va boshqa sohalarda sorbent sifatida foydalaniladi.

Burg‘ulash aralashmalarida karboksimetilsellyuloza (KBTs) loyli suspenziyalar (biror moddaning boshqa suyuq modda ichida mayda zarra yoki tomchi holida suzib yuradigan eritmasi) o‘zgarishini to‘xtatib turuvchi stabilizator o‘rnida qo‘llaniladi.

Mazkur mahsulotning eksport geografiyasi qo‘shni Qozog‘iston va Rossiya neft_gaz hamda qurilish sanoati hisobiga kengaymoqda. Garchi mazkur mamlakatlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lsa ham, ularning barchasi sifatli paxta tsellyulolazi importiga qaram. Bu esa KMTs tannarxining ortishiga olib keladi.

Bundan tashqari, u Xitoy va Yevropa mamlakatlaridan katta miqdorda import qilinadi.
Quduqlar burg‘ulashda keng qo‘llaniluvchi karboksilmetilsellyuloza Namangan va Navoiy viloyatlarida ham ishlab chiqariladi.