“Baron” filmi 17 yanvardan katta ekranlarda namoyish etiladi
2016 yilning 17 yanvaridan boshlab poytaxtimiz kinoteatrlarida taniqli rejissyor Rustam Sa'diyevning “Baron” psixologik dramasi namoyish etiladi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida “Davr-Premer” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan ushbu kartinaning premerasi esa 16 yanvar kuni 18.00 da bo‘lib o‘tadi.
Umumiy byudjyeti qariyb 1,5 milliard so‘mni tashkil etgan “Baron” 5.1-kanalli Dolby Surround ovozda chiqariladi. Shuningdek, jahon sahnalariga chiqishini hisobga olgan holda O‘zbekistonda birinchi marta dunyo standartidagi 4K formatida suratga olingan bo‘lib, IMAX kinozallarida tomosha qilishga ham mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Rustam Sa'diyevning “Baron” filmida mashhur gollivud aktyori G‘asson Ma'sud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy va “Brigada” serialida rol ijro etgan Farhod Mahmudov ham filmda qatnashgan.
Avvalroq esa Kun.uz sayti “Baron” filmi to‘g‘risida uning rejissyori Rustam Sa'diyevdan intervyu olgan edi. Ayni paytda tarmoqda film uchun ishlangan treyler e'lon qilindi.

Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25
-
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat | 22:08
-
Texasda 8 mln dona tanga avtomobil yo‘liga sochilib ketdi - video
Jahon | 21:57