Jahon | 06:51 / 21.01.2016
5155
1 daqiqa o‘qiladi

Dollar narxi 82 rubldan oshdi

Dollarning birjadagi kursi Moskva birjasidagi savdolar vaqtida 1998 yildagi inqiroz davridan beri mutlaq rekord o‘rnatdi.

Dollar kursi 3,49 rublga ko‘tarilib, 82,03 rublni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 3,74 rublga oshib, 89,459 rublni tashkil qildi.