Jamiyat | 16:26 / 21.01.2016
2284
1 daqiqa o‘qiladi

Paramount “Terminator” sikvelini 2017 yil relizlari grafigidan olib tashladi

Paramount studiyasi “Terminator” sikvelini 2017 yil relizlari grafigidan olib tashladi, deb xabar beradi The Hollywood Reporter nashri. Fantastik film 2017 yil 19 mayida prokatga chiqarilishi kutilayotgan edi. Endi uning o‘rnini “Malibu qutqaruvchilari” to‘liq metrajli animatsion filmi egallaydi.

Franshizaning hozircha oxirgi qismi bo‘lmish “Terminator: Genezis” ko‘pchilikka ma'qul kelmagan edi. Jahon prokatida u 440 mln dollar, Shimoliy Amerikada esa 89 mln dollar ishlab topdi. Bosh rollarni Arnold Shvartsenegger, Emiliya Klark, Jyeyson Klark va Jay Kortni ijro etishgan.