Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yulduz Turdiyeva Fransiya va Hindistonda konsert beradi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva 11-15 fevral kunlari Fransiyada va 21-27 fevralda Hindistonda o‘tkazilayotgan xalqaro milliy musiqa ijrochilari va sozandalari ishtirokidagi festivalda qatnashadi.
"Shu bugunga qadar ko‘plab mamlakatlarda maqom san'atini targ‘ib qilib kelgan xonandaga jahon mamlakatlarida qiziqish katta. Festivallar doirasida xonanda xorijdagi maqom san'ati ixlosmandlari uchun yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etishi rejalashtirilgan. Ayni damda Turdiyeva festivalga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qildi. Biroz avval xonandaning AQShdagi konsert dasturi bekor qilingan edi. Ko‘ramiz, Yulduzning san'ati Fransiya va Hindistonliklarga qanchalik manzur bo‘larkan?", deyiladi qalampir.uz xabarida.
Eslatib o‘tamiz, xonanda 2009 yil Ozarbayjonda o‘tkazilgan Xalqaro maqom festivalida birinchi o‘rinni sohibi bo‘lgan edi.