Jahon | 13:58 / 11.02.2016
4306
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Janubiy Koreyaga atomli submarina jo‘natadi

AQSh harbiy rahbariyati KXDR tomonidan sun'iy yo‘ldosh tashuvchi raketa uchirilishi tufayli Janubiy Koreyaga “Virjiniya” tipli SSN-777 “Shimoliy Karolina” submarinasini yo‘llashi mumkin, deb xabar beradi Ryonxap agentligi.

“Bilishimcha, AQSh harbiy dengiz kuchlarining “Shimoliy Karolina” atom submarinasi Janubiy Koreyaga keladi”, - deydi agentlikning diplomatik doiralardagi manbasi.