Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"BELTEPA"da hamyonbop, juda shinam va zamonaviy kottejlar sotuvi boshlandi!
RicheVille – bu O‘zbekiston qurilish bozoridagi nufuzli kompaniya!
Bizning har bir loyihamiz – Toshkentning yangi qiyofasi marjonidagi yana bir muhtasham marvariddir!
"HOVLI Beltepa"- bu alohida kirish qismi, garaj va shinamgina ichki hovlisiga ega nafis kottejlar majmuasi. Shuningdek, u shahar shovqinidan uzoqda, Toshkentning noyob ekologik hududida joylashgan.

Shovqin va poytaxtning tez hayot tarzi sizni toliqtiradimi? Bugun sizda shahar qulayliklari va shaxsiy hovlidagi sokinlik mujassam bo‘lgan takrorlanmas "HOVLI Beltepa" TJMda yashash imkoniyati paydo bo‘ldi.

HOVLI Beltepa turar joy majmuasidagi har bir kottej qulay, funksional va shinam makon bo‘lib, bu yerda uy egalarining baxtli hayoti uchun ajoyib sharoitlar yaratilgan

Blok A kottejlari ( umumiy maydoni 200 kv.m) - bu ikki qavatli uylar bo‘lib, birinchi qavatida oila a'zolari va mehmonlar muloqot qilishlari uchun xonalar ergonomik loyihalashtirilgan. Ikkinchi qavat yotoqxonalari va bolalar xonalari uchun ajratilgan.

B blokida joylashgan uylar (umumiy maydoni 300 kv.m) keng kottejlar bo‘lib, ideal uy haqida orzu aynan ularda o‘z ifodasini topgan.
Xonalarning kengligi va qulay joylashgani oila a'zolari uchun o‘zlariga qulay burchak yaratishga, mehmonlarni kutishga va oilaviy bayramlarni nishonlashga imkon beradi.
HOVLI Beltepa turar joy majmuasi uy-joy qurilishi sohasidagi eng zamonaviy yechimlarni o‘zida mujassam etgan.

G blokidagi (umumiy maydoni 270 kv.m) kottejning keng xolliga kirib, uning loyihalashtirish afzalliklari va qulayliklariga baho berishingiz mumkin.

Panorama derazalar tufayli shinam xonalar yorug‘lik bilan to‘ldirilgan, keng oshxona esa har qanday zamonaviy maishiy texnika jihozlarini o‘z ichiga sig‘dira oladi.

HOVLI Beltepa TJM kottejlarining me'moriy afzalliklaridan tashqari, ularning texnik jihozlanganligini ham alohida ta'kidlash lozim.
Har bir kottejda avtomobillarni kiritish uchun maxsus avtomatik darvozalar, derazalar himoya panjaralari va kuchaytirilgan ventilyatsiya tizimi o‘rnatilgan.
Hashamatli panorama derazalari xonalarning ichki hajmini vizual ravishda kengaytiradi va ularni yorug‘lik bilan to‘ldiradi.
Ko‘k rangdagi granit bilan qoplangan ichki hovli esa noyob nafislik va farovonlik muhitini yaratadi.

Turar joy majmuasi hududi yopiq shaharcha prinsipiga asosan rejalashtirilgan bo‘lib, bu yerga ruxsatsiz kirish taqiqlanadi va butun hudud doimiy ravishda videokuzatuv va qo‘riqchilar nazorati ostida.
Uylarni qulay narx va muddatli to‘lov asosida ham xarid qilsa bo‘ladi!
Shoshiling, xonadonlar soni kun sayin kamayib bormoqda!

Bundan tashqari, biz yosh bolali oilalarning qulayligi to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik qildik. Zamonaviy jihozlangan bolalar bog‘chasi- ular xizmatida! Bu yerda kichkintoylar bilan tajribali tarbiyachilar shug‘ullanishadi!

RicheVille – biz baxtni quramiz!
Sizni savdo ofisimizda kutib qolamiz!
Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, TXAY bo‘yi, 1.
Mo‘ljal: Ibn Sino taxta bozori
Telefon: 95 000 22 29 | 99 607 22 22
Reklama huquqi asosida