OAV: Politsiya Bryussel aeroportida 3ta hudkushlar nimchasini topdi
Belgiya politsiyasi portlashlar sodir etilgan aeroport hududian terrorchi hudkushlar kiyadigan bir nechta maxsus nimchalarni aniqlagan. Bu haqda mahalliy televideniyeda ko‘rsatilgan.
"Aeroport hududidan terrorchilar kiyadigan va portlovchi qurilmalar o‘rnatiladigan 3ta nimcha topilgan", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da (Toshkent vaqti bilan soat 12:10) Bryussel xalqaro aeroportida 2ta portlash sodir etildi.
Ko‘p o‘tmasdan shahar metrosining 3ta bekatida davomli portlashlar yuz berdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, aeroportdagi portlashlar tufayli 21 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohatlangan. Metrolardagi portlashlar esa 13 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, bu portlashlar tufayli jarohatlanganlar soni 35 nafar. Metrodagi portlashlar ham terrorchi hudkushlar hujumi oqibatida ro‘y bergan.