Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nazorat kassa mashinalari terminallar bilan integratsiyalanadi
O‘zbekiston soliq tizimi maosh va o‘xshash to‘lovlar (pensiya, nafaqa, mukofot pullari)ni naqdsiz shaklda amalga oshirishga o‘tishni davom ettirish orqali aholining bank plastik kartalaridan foydalanishini kengaytirishda ishtirok etadi.
Davlat soliq qo‘mitaci ishlab chiqqan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qo‘yilgan hukumat qaroriga binoan, 2018 yil yanvardan chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar aholi bilan hisob-kitobni faqat onlayn nazorat kassa mashinalari hamda maxsus kodli chek beruvchi to‘lov terminallari orqali amalga oshirishlari kerak.
Qonun loyihasi nazorat kassa mashinalarining zamonaviy modellarini asta-sekinlik bilan muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Ushbu modellar naqd pul to‘lovi amalga oshirilganda davlat soliq organlariga onlayn ma'lumot yetkazish xususiyatiga ega.
Hujjatda oylik va boshqa to‘lovlarni plastik kartalarga o‘tkazishni rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar ham ko‘zda tutilgan. Shunday tadbirlardan biri sifatida nazorat kassa mashinalari cheklarini olganlar o‘rtasida yutuqli o‘yinlar o‘tkazilishi mumkin.
Uyali aloqa operatorlariga 3G baza stansiyalari sonini ko‘paytirish va qamrov zonasini, ayniqsa, chekka aholi hududlarida kengaytirish vazifasi yuklatiladi.
2020 yilga kelib O‘zbekistonda plastik kartalar orqali naqdsiz hisob-kitob 1,5 barobarga ko‘payadi.
Ushbu loyihani amalga oshirish Markaziy bank, tijorat banklari va O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi zimmasiga yuklatilgan.
O‘zbekiston Markaziy banki ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda 16,3 milliondan ortiq plastik kartalar muomalag kiritilgan, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlariga o‘rnatilgan terminallar soni esa 183,1 ming donani tashkil etgan.