Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Homiladorlikdan saqlanish uchun qo‘llanadigan dori vositalari ekotizimga ziyon yetkazishi qayd etildi
Shvetsiyaning Lunds universiteti biologiya fakultetida faoliyat yurituvchi doktorant Lina Nikoleris o‘zining doktorlik dissertatsiyasida homiladorlikdan saqlovchi dori vositalaridagi estrogen moddasining suv hayvonlariga salbiy ta'sir o‘tkazayotganini ta'kidladi. Uning olib borgan izlanishlari etinilestradiola (EE2) gormonining baliqlar va ularning genetikasiga qanday ta'sir o‘tkazayotgani bilan bog‘liq.
Etinilestradiol gormoni ko‘plab oral kontratseptivlar tarkibida bo‘lib, u estrogenlar farmokologik guruhiga kiradi. YeYe2 endometriy proliferatsiyasini chaqiradi, bachadonning hamda ikkilamchi ayol jinsiy belgilarining rivojlanishini ta'minlaydi, suyak to‘qimalarining mustahkamlashda ishtirok etadi.

Lina Nikolerisning ma'lum qilishicha, inson turmush tarzi natijasida YeYe2ning hattoki eng kam miqdorda atrof-muhitga chiqindi sifatida chiqishi gidrobiontlarning (suv jonzotlari) o‘zini tutishiga, genetikasiga ta'sir ko‘rsatishni boshlaydi. Suv jonzotlarining yem topishlari qiyinlashadi, nasl qoldirishda muammolarga duch kelinadi. Bularning barchasi, doktorning so‘zlariga ko‘ra, butun ekotizim uchun global ahamiyatga ega, xususan baliqlar populyatsiyasinig butkul yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Baliqlar insonlarga qaraganda ko‘proq estrogenlarga ega, bu ularni suvdagi estrogenlarga sezuvchanligini oshiradi. Ilmiy izlanishda uch xil baliq kuzatildi: bular losos, kumja va plotva baliqlari bo‘lib, ular iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli baliq turlari hisoblanadi.

Lina Nikoleris bu haqida akusher-ginekologlarni ham so‘roqqa tutib, ularning yetarli bilimga ega emasliklarini aniqladi. Shuningdek, u insonning atrof-muhitga ta'siri ahamiyatga molik muammo ekanini ta'kidladi. Shuning uchun ham doktor tug‘ilishni nazorat qilishda yuqoridagi omillarni ham inobatga olishni maslahat qildi.