Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 aprel kuni “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi festivali bo‘lib o‘tadi
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining yangi mavsumi ochilishi munosabati bilan eng sara jamoalar ishtirokida konsert festivali o‘tkaziladi. 6 aprel kuni “Istiqlol” san'at saroyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan festivalda “Turon” , “Osmondagi bolalar” “Shovvozlar” va boshqa taniqli jamoalar ishtirok etadilar.
Jamoalar tarkibida yurtimizdagi turli oliy ta'lim muassasalarining faol va quvnoq talabalari, jumladan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (“Shovvozlar”) , Toshkent avtomobil yo‘llari instituti (“Osmondagi bolalar”) , Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti (“Turon”) va boshqa jamoalar qatnashadilar.
Kontsert dasturiga tashrif buyuruvchilarni rezidentlar tomonidan ijro etiladigan ajoyib hazil-mutoyibalar, sahna ko‘rinishlari, miniatyuralar, eng sara kulgu dasturlari va ko‘ngilochalar tomoshalar kutmoqda.
Festivalda o‘zbek milliy estradasi yulduzlari, aktyor-aktrisalar va hajviya ustalari ham qatnashishadi. Chiptalarni “Istiqlol” san'at saroyi kassalaridan topishingiz mumkin.