Jamiyat | 10:54 / 04.04.2016
3539
1 daqiqa o‘qiladi

Xonanda Kamilla`ning yangi klipi xalqaro ELLO kanalining xit-paradida ikkinchi o‘rinni egalladi

Xonanda Kamilla`ning yangi “Dejavyu” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTubedagi xalqaro ELLO kanalining TOP-10 xit-paradida ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s


Xit-parad boshlovchisi Vadim Oleynik qayd etishicha, ikki haftadan ko‘proq vaqt mobaynida klip 134 ming marta (xozir 144 ming) ko‘rildi hamda klipga nisbatan iliq fikrlar bildirildi.

“Dejavyu” – bu “Alvon yelkanlar” ertagi asosida yaratilgan sevgi va yaxshilik qissasi. Klip g‘oyasi qo‘shiq yozilgan ilk kunlardayoq paydo bo‘lgandi. Xonandaning Pomidor entertainment jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu yangi klipda ham animatsiyadan foydalanilgan.

Shuningdek, bugun Kamilla`ning taniqli DJ Flextra bilan ijodiy hamkorlik namunasi – “Illyuziya” taronasining remiks turi ham taqdim etildi. 

 Remiksni SoundCloud onlayn-platformasida tinglash mumkin.

Reklama huquqi asosida.