Sport | 14:30 / 07.04.2016
2617
2 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 8 pog‘ona yuqoriladi

Xalqaro futbol federatsiyasi FIFA mart oyi uchun terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘tgan oyga nisbatan 8 pog‘ona yuqorilab, 66-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoasi hisobida 549 ochko mavjud. Bu ko‘rsatkich Osiyoda 6-ko‘rsatkich sanaladi. Natijada O‘zbekiston JCh-2018 3-saralash bosqichida uchinchi savatchadan o‘rin oladigan bo‘ldi.

Osiyoda Eron terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Avstraliya 17 pog‘ona yuqorilab (50-o‘rin) Osiyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, Janubiy Koreya (56) va Yaponiya (57) mos ravishda 3-4 o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi. O‘zbekistondan oldinda Saudiya Arabistoni terma jamoasi joylashgan.

Umumiy reytingda esa peshqadam o‘zgardi. Argentina terma jamoasi JCh saralashida qayd etgan ijobiy natijalari evaziga Belgiya terma jamoasini quvib o‘tgan. Kuchli uchlikka esa bu safar Chili terma jamoasi ko‘tarilgan.

1 (2). Argentina – 1532 ochko,
2 (1). Belgiya – 1352,
3 (5). Chili – 1348,
4 (8). Kolumbiya – 1337,
5 (4). Germaniya – 1309,
6 (3). Ispaniya – 1277,
7 (6). Braziliya – 1251,
8 (7). Portugaliya – 1184,
9 (11). Urugvay – 1158,
10 (9). Angliya — 1069...

42 (44). Eron — 672
50 (67). Avstraliya— 601
56 (55). Janubiy Koreya — 579
57 (56). Yaponiya — 577
60 (60). Saudiya Arabistoni — 559
66 (74). O‘ZBeKISTON — 549.