Jahon | 16:58 / 11.04.2018
3990
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml: Putin tadbirkorlar bilan sanksiyalar masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmayapti

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, davlat rahbari Vladimir Putin rossiyalik tadbirkorlar bilan AQSh tomonidan joriy etilgan yangi sanksiyalar masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Men bu savolga javob qaytara olmayman, bu mavzu vazirlar mahkamasida batafsil muhokama qilinmoqda», - dedi Peskov Kreml sanksiyalardan zarar ko‘rgan kompaniyalarga aniq yordam ko‘rsatish ustida o‘ylagani borasidagi savolga javob qaytarib.

Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, Putinning ish jadvalida AQSh yangi sanksiyalariga uchragan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazish masalasi hozircha yo‘q.

Mavzuga oid