Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona" Alvesni parikdagi videosi uchun jarimaga tortadigan bo‘ldi
“Barselona” futbol klubi direktori Jorji Mones klub himoyachisi Dani Alvesni ayollar parigida klub muxlislariga murojaat qilgan videosi uchun unga nisbatan intizomiy choralar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qildi. Braziliyalik futbolchi Instagram’dagi sahifasidagi kichik rolikda ayollar parigida muxlislarni klubning Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan fojia yasamaslikka chaqirgan.
"Alves jarimaga tortiladi. Hozir hazillashadigan vaqt emas. Bundan tashqari, Danining bu qilig‘idan klubning ba'zi o‘yinchilari norozi. Ularning fikricha, futbolchi klub obro‘siga putur yetkazmoqda. Jazolashga kelsak, biz bu imkoniyatni ko‘rib chiqamiz", deb Monesning aytgan so‘zlarini Marca nashri keltirib o‘tdi.