Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Contra Magazin: Rossiya va Xitoyning oltin hamkorligi Londonni siqib chiqaradi
2015 yili 295 va 490 tonnadan oltin qazib chiqargan Rossiya va Xitoy oltin savdosi sohasida hamkorlikni mustahkamlash niyatida. Bu haqida News2.ru ma'lum qildi.
Rossiya milliy banki raisi o‘rinbosari Sergey Shvetsovning so‘zlariga ko‘ra, gap ko‘p miqdorli oltin zaxirasiga ega yirik milliy iqtisodiyot va bu qimmatbaho metallni katta hajmda ishlab chiqarish hamda iste'molchilarga yetkazish haqida bormoqda. Xitoyda oltin savdosini Shanxay, Rossiyada esa Moskva yo‘lga qo‘ygan.
"G‘oyamiz - shu maydonlarda bozorlarimiz o‘rtasidagi savdoni intensifikatsiya qilish maqsadida aloqa o‘rnatish", - dedi Shvetsov.
Jahonda oltin qazib chiqarishning chorak qismini Rossiya va Xitoy amalga oshiradi. Ular birlashib, Londondagi "qog‘oz oltin"dan farqli o‘laroq haqiqiy oltin ishlab chiqarib sezilarli natijalarga erishishlari mumkin.
Shuningdek, muallif Rossiya va Xitoyning so‘nggi yillarda oltin qazib chiqarish ko‘rsatkichlari oshganiga diqqatni qaratadi.
"Pekin o‘zining oltin zaxiralari hajmini kamaytirib ko‘rsatishga urinsada, rasmiy ma'lumotlarning aniq ko‘rsatkichga to‘g‘ri kelishi amri mahol. Rossiya bu borada hech qanday sir saqlamaydi, 2008 yildan buyon Rossiya Milliy banki oltin zaxirasi amalda 1762 tonnagacha, ya'ni deyarli uch barobarga o‘sdi", deb ta'kidlanadi nashr xabarida.