Samolyot va poyezdlarda hunarmandlar va ularning mahsuloti haqida ma’lumot paydo bo‘ladi
Joriy yildan samolyot va poyezd vagonlariga hunarmand va ularning mahsulotlari haqida ma’lumot joylanadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda respublika “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Hotamova ma’lum qildi.
2022 yilda hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shundan kelib chiqib, hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 mln so‘mgacha kredit beriladi. Ular mablag‘larni naqd pul ko‘rinishida olishi ham mumkin.
Imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha oilakredit.uz elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qo‘yish va ularning loyihalarini kreditlash uchun alohida bo‘lim ishga tushiriladi.
2022 yildan boshlab “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida “Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi tashkil etiladi.
Doimiy ravishda “Hunarmandchilik markazlari” va “Usta-shogird” maktablari turistik marshrutlarga kiritib boriladi. Hunarmandlar va ularning mahsulotlari bo‘yicha ma’lumotlar samolyot va poyezd vagonlarida joylashtirib boriladi.
2022 yildan “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun faoliyat yuritish joyidan qat’i nazar, kommunal infratuzilma xizmatlari haqini to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:57 / 04.12.2024
Antalyada yongan Superjet: inqirozga yuz tutgan Rossiya aviasanoati
14:11 / 29.11.2024
Varshavada samolyotda uchishga ruxsat berilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatildi
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024