Rossiya sovetlardan qolgan fuqaro aviatsiyasi sanoati bilan maqtana olmaydi. Çunki bu davlat sobiq ittifoq davrida işlab çiqarilgan köplab samolyotlarni yangilay olmadi, faqat ayrimlari modernizatsiya qilindi xolos.

SSSR parçalanib ketgandan söng Rossiya faqat bitta yangi samolyot işlab çiqara oldi. Sukhoi Superjet 100 nomi berilgan bu samolyot ham mukammal emas va u bilan köplab noxuş hodisalar va halokatlar sodir bölmoqda.

Ana şunday hodisalardan biri 2024 yil 24 noyabr kuni sodir böldi. Soçidan Turkiyaga uçgan “Azimut” aviakompaniyasiga tegişli Sukhoi Superjet 100 samolyoti Antalya aeroportiga qöngandan söng yonib ketdi.

Sukhoi Superjet 100 Rossiya tomonidan SSSR parçalanib ketgandan söng loyihalaştirilib, yasab çiqilgan örta masofalarga uçuvçi kiçik samolyot hisoblanadi.

Sukhoi Superjet 100 tarixi

Bugun sovet davrida tayyorlangan samolyotlarning aksariyati işlab çiqarilmaydi. Buning sabablari juda köp. SSSR parçalangaç ittifoqdoş respublikalarda joylaşgan korxonalar örtasida aloqalar uziladi.

SSSRda 1960-70 yillarda işlab çiqarilgan samolyotlar uzoq yillar davomida yangilanmaydi. Oqibatda 1990-yillarga kelib ular xalqaro talablarga javob bermay qöyadi.

Ayniqsa, sovet samolyotlariga örnatilgan dvigatellar işonçsiz, şuningdek, ularning şovqini juda baland edi. Öşa paytlarda Ğarbda tayyorlangan şovqini past va sifatli dvigatellar Yevropadagi Airbus konsorsiumi va AQŞning Boeing kompaniyasidan ortmasdi.

Ana şunday şaroitda Rossiya nafaqat SSSR davrida işlab çiqarilgan samolyotlarni mukammallaştira olmadi. Faqat bir neça turdagi samolyotlarning yangilangan modellarini tayyorlay olişdi xolos.

Sukhoi Superjet 100 tarixi 2000-yillar boşlariga borib taqaladi. Sukhoi korporatsiyasi Boeing bilan hamkorlikda yangi samolyot loyihasini işlab çiqadi.

Şuningdek, loyihaga Ilyuşin konstruktorlik byurosi, “Saturn” korxonasi va Fransiyaning Snecma kompaniyasi jalb etiladi.

Loyihaga Boeing korporatsiyasi ijroçi direktori Fil Kondit tomonidan Russian Regional Jet (RRJ) deb nom beriladi.