Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent loyihasiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etadi
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent loyihasiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi energetika quvvatlari qurilishiga start berishda ham qatnashishi rejalashtirilgan.
Yangi Toshkent loyihasi birinchi bosqichida 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, istiqbolli qurilish hududlari, yangi shahar bilan poytaxtni birlashtiruvchi asosiy yo‘llar sxemalari ishlab chiqilgan.
Shaharcha yangi ma’muriy va iqtisodiy markaz bo‘ladi. Poytaxt sharqiy qismida, Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hududida barpo etiladi. 800 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
U yerda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, teatr, kutubxona, mehmonxonalar, turar joy binolari, bog‘lar o‘rin oladi. Xususan, yashil hududlar 363 gektarni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:00 / 15.12.2025
Sharq bahori: Yangi Toshkent markazida zamonaviy va qulay hayot boshlanmoqda!
12:11 / 28.11.2025
Yuridik universitet Yangi Toshkentda zamonaviy kampusga ega bo‘ladi
20:14 / 11.11.2025
Prezident Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli stadion qurilishiga tamal toshi qo‘ydi
21:50 / 29.10.2025