Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat Bobonov – dzyudo bo‘yicha jahon chempioni
Toshkentda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining -90 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Davlat Bobonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalni prezident Shavkat Mirziyoyev ham «Humo» arenasiga kelib, bevosita kuzatib bordi.
Foto: Getty Images
Toshkentda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida -90 kg vazn toifasida final yakuniga yetdi.
Hal qiluvchi bahsda Davlat Bobonov yoshlar o‘rtasida jahon chempioni italiyalik Kristian Parlati ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Humo» arenaga tashrif buyurib, final bahsini bevosita tomosha qildi.
Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi sanalmish Bobonov bugungi kurashlarda dastlab slovakiyalik Peter Zilkadan ustun kelgan bo‘lsa, so‘ng janubiy koreyalik Jyeu Op Xanni ippon evaziga mag‘lub etdi. Chorakfinalda esa bolgariyalik Ivaylo Ivanov ham ippon bahosi bilan taslim etildi. Murosasiz o‘tgan yarimfinal bahsida esa gruziyalik Lasha Bekauridan ustun kelgan o‘zbekistonlik dzyudochi finalga chiqib, Kristian Parlatini mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli sportchi Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 2021 yilda esa Budapeshtda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush medali, Bishkekdagi Osiyo chempionatida esa oltin medalga ega chiqqandi.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024