O‘zbekiston | 11:39 / 13.11.2025
6838
2 daqiqa o‘qiladi

14–18 yoshli o‘smirlarga mustaqil ravishda bank kartasi ochish huquqi berildi

O‘zbekistonda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar mustaqil ravishda o‘z nomiga bank kartasi ochishi mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari, YaTTlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar biznes bank kartasini ochib, o‘z mablag‘larini boshqarish imkoniga ega bo‘ladi. Yuridik shaxslar esa korporativ bank kartalari orqali ichimlik suvi va kanalizatsiya to‘lovlarini amalga oshira oladi.

Foto: Kun.uz 

O‘zbekistonda bank kartalariga oid qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi. Markaziy bankning tegishli buyrug‘i 11 noyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hujjatga ko‘ra, bundan buyon:

  • yakka tartibdagi tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar biznes bank kartasi ochish orqali o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishi mumkin;
  • 14–18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar bank kartasini mustaqil ochishi mumkin; 14 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa ota-onaning biri yoki qonuniy vakili yozma roziligi talab etiladi;
  • yuridik shaxslar ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Bank kartalari turlari qatoriga ijtimoiy bank kartasi ham qo‘shildi.

Shuningdek, oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini chiqarish va mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiya qilgan holda aktivlashtirish tartibi belgilandi.

Mavzuga oid