O‘zbekiston | 16:31 / 11.09.2017
18558
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda piyodalar uchun Islom Karimov yodgorlik majmuasiga olib boradigan yangi ko‘prik barpo etildi

Samarqand shahridagi Shohi Zinda ko‘chasi uzra piyodalarni Islom Karimov ko‘chasiga olib chiqadigan zamonaviy yo‘l o‘tkazgich barpo etildi, deb yozadi «Samarkandskiy vestnik» gazetasi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov dafn etilgan joyda — Hazrati Xizr masjidi atrofida yodgorlik majmuasi barpo etilishi munosabati bilan hududda keng miqyosdagi rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bajarilgan ishlar natijasida qisqa muddat ichida Vohid Abdullayev va Shohi Zinda ko‘chalari kesishmasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarish kasb etdi. Majmua ziyoratchilari uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida bu yerga zinalar, ayvonlar va avtomashinalar to‘xtash joylari barpo etildi.

— Shohi Zinda ko‘chasi uzra barpo etilgan piyodalar yo‘l o‘tkazgichi bir yarim oy ichida qurib bitkazildi, — deydi «Samviloyatqurilishservis» MChJ direktori o‘rinbosari Akmal To‘xtamurodov. — Ayni paytda hududni obodonlashtirish ishlarida ellikka yaqin odam band.

Birinchi prezidentning yodgorlik majmuasi 2018 yilning 30 yanvarida — Islom Karimov tavalludiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan ochilishi ko‘zda tutilgan.

Jurnalistlar R.Yormuhammad va A.Xaritonov (foto) xabari.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish