O‘zbekiston | 15:27 / 08.08.2021
6745
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik talabalar Bolgariyadagi matematika olimpiadasida 15ta medalni qo‘lga kiritishdi

2-7 avgust kunlari  bo‘lib o‘tgan Xalqaro Matematika musobaqasida o‘zbekistonlik talabalar 5ta oltin, 6ta kumush, 4ta bronza medal va 2ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritishdi.

2021 yilning 2-7 avgust kunlari talabalar o‘rtasidagi Xalqaro Matematika musobaqasi (IMC — International Mathematical Competition) bo‘lib o‘tdi. Ushbu olimpiadada 55dan ortiq davlatdan 592 nafar talaba ishtirok etdi. Jumladan, Massachusets Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSh), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Germaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar qatnashishdi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun O‘zbekiston Milliy universiteti, Urganch davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Guliston davlat universiteti talabalaridan iborat terma jamoa shakllantirilib, mart oyidan buyon tayyorgarlik ishlari olib borilgan.

Terma jamoaga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Matematika instituti ilmiy xodimlari murabbiylik qilishgan. Shuningdek, talabalarning olimpiadada ishtiroki uchun badal to‘lovi ham mazkur muassasa huzuridagi "Matematika fani va ta'limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" hisobidan amalga oshirilgan.

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish