Jahon | 16:45 / 09.10.2020
29798
2 daqiqa o‘qiladi

Jeenbekov hukumat va bosh vazirni iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 

Foto: today.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Kubatbek Boronovni bosh vazir vazifasidan ozod qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti saytida xabar berilgan.

«Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov farmon imzoladi, unga muvofiq «Qirg‘iziston Respublikasi hukumati to‘g‘risida»gi Qirg‘iziston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunining 23-moddasi 5-qismiga ko‘ra Kubatbek Boronov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri lavozimidan ozod etildi», - deyiladi hujjatda. 

Kubatbek Boronovning bayonoti bunga asos bo‘ldi. Endilikda Qirg‘iziston hukumati ham iste'foga chiqqan deb hisoblanadi. 

Farmonga muvofiq, bosh vazir, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a'zolari lavozimlarini egallagan shaxslar yangi hukumat tuzilguniga qadar vazifalarini ilgari egallab turgan lavozimlariga muvofiq bajarishda davom etadi. 

Bundan tashqari, Sooronbay Jeenbekov Orozbek Opumbayevni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Mavzuga oid