Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ashan» kompaniyasi Rossiyada o‘z do‘konlari tarmog‘ini ochishni rejalashtirmoqda
Auchan savdo tarmog‘ining Rossiyadagi shaxobchasi «Ashan Riteyl Rossiya», kosmetika mahsulotlari bilan savdo qiluvchi Lillapois Beauty do‘konini ochmoqchi, deb xabar qiladi RIA «Novosti» agentligi.
Uning birinchi savdo do‘koni, shu yilning avgust oyida Moskvadagi «Troyka» savdo markazida ochiladi. Unda, dekorativ kosmetika va parfyumeriya, terini parvarishlash mahsulotlari sotiladi. Savdo maydoni 200 kv. metrni tashkil etadi.
Qayd etish joizki, Rossiya Italiyadan keyin shunday do‘kon ochilgan ikkinchi mamlakat bo‘ladi.
Avvalroq, «Ashan» Rossiyadag biznesini rivojlantirishga 17 mlrd rubl sarmoya kiritishini e'lon qilgan edi.