Jamiyat | 15:18 / 26.12.2018
36798
4 daqiqa o‘qiladi

«Brendimni patentladim. Endi hech kim nomimdan non sotolmaydi». «Akmal patir» bilan suhbat

Toshkent shahridan vodiy tomon yo‘lga otlanib, Qamchiq dovonidan o‘tgach yo‘ldagi non bozorlarga bir kirib o‘tmagan, 3-4 dona non sotib olmagan kishi bo‘lmasa kerak. Bozorga to‘xtaganingizda sotuvchilar aytadigan, yo‘l chetidagi ko‘plab novvoyxonalarning peshtoqiga yozilgan bitta ism e'tiboringizni tortadi. Bu ism egasi chiqarayotgan mahsulot allaqachon brendga aylanib bo‘lgan. Bu «Akmal patir» brendi.

Ushbu brend egasi Akmal Murodov ish yuzasidan tahririyat mehmoni bo‘ldi. Qadimiy hunar egasi bilan o‘zaro fikr almashdik. Suhbatimiz savol-javob shaklida bo‘ldi.

−      Akmal patir faoliyati qachondan va qanday boshlangandi?

−      Bu hunarni onamdan o‘rganganman. Novvoychilik bilan yoshligimdan shug‘ullanib kelaman. Boshida bunday yog‘li non qilmasdik. Oddiyroq non sotib shug‘ullanib yurardim. Vaqt o‘tib shunday g‘oya tug‘ildi. 2009 yildan sariyog‘ va sut ishlatib non qila boshladim.

−      Akmal patir brend darajasiga yetishiga nima sabab bo‘lgan? Boshqa nonlar ham bor, nega aynan sizda mijozlar ko‘proq?

−      Mijozlar bir marta yeb keyin bizni topolmay qolishar edi. Menimcha, ko‘p narsa mehrga bog‘liq. Mijozlar o‘zlari Akmal patir deb nom qo‘yishgan. Yillar o‘tib mahalladoshlar ham shunaqa nom qo‘yib sota boshlashdi. Soxtasi ko‘payib ketdi.

−      Non tayyorlashda nimalarga e'tibor berasiz?

−      Ozodalikka, mijozlar ko‘ngliga e'tibor qaratamiz.

−      E'tirozlar ham bo‘lganmi?

−      Albatta bo‘ladi. Agar sal yo‘ldan chiqib ketsangiz, mijoz o‘zi to‘g‘rilab qo‘yadi.

−      Patirlaringiz alohida retseptga egami?

−      Alohida retseptga ega. Ammo, bu sir. Non yaxshi chiqishi uchun masallig‘i, un, sut va sariyog‘i albatta yaxshi bo‘lishi kerak. Ammo, yana bir muhim narsa bor. Bu nonga beriladigan mehr. Non o‘zbek dasturxoni fayzi. Nonimizning mazasi siri ham shunda, milliy mahsulotlardan tayyorlanishida.

−      Patent olishingizga nima sabab bo‘ldi?

−      Nomimizdan ko‘p tadbirkorlar mahsulotini sotayotgani va ko‘pchiligining sifati pastligi bizning obro‘ga putur yetkazmoqda. Shu sababli, patent bilan o‘z brendimizni rasmiylashtirdik. Kelajakda yana kimdir bizning nomimizdan foydalansa qonun oldida javob beradi.

Vodiylik Akmal Murodov bilan suhbatimiz juda qiziq ruhda o‘tdi. Intervyuni to‘liq shaklda Kun.uz`ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s