Jahon | 14:43 / 19.09.2023
11242
3 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon Qorabog‘da mahalliy aksilterror tadbirlarini boshladi

Ozarboyjon Qorabog‘da mahalliy aksilterror tadbirlarini boshladi, deb xabar bermoqda Trend Ozarboyjon Mudofaa vazirligiga tayangan holda.

Foto: trend.az

«Ozarboyjon armiyasining Qorabog‘ mintaqasidagi arman qurolli kuchlari bo‘linmalari tomonidan tizimli ravishda o‘qqa tutilishi, hududlarimizni minalash ishlarini davom ettirish, jangovar pozitsiyalarni muhandislik-texnik takomillashtirish ishlari, shuningdek, xandaqlar sonini ko‘paytirish so‘nggi oylarda keskinlikning yanada kuchayishiga sabab bo‘ldi», deyiladi vazirlik xabarida. 

Ta’kidlanishicha, jangovar pozitsiyalarni shaxsiy tarkib, zirhli texnika, artilleriya moslamalari va boshqa vositalar bilan mustahkamlash, bo‘linmalarni yuqori jangovar shay holatga keltirish, qo‘shimcha safarbarlik bo‘linmalarini yaratish, Ozarboyjon armiyasining bo‘linmalariga qarshi razvedka faoliyatini kengaytirish, mamlakat hududiga qo‘poruvchilik va terroristik maqsadlarda chuqur kirib borishga harakatlar kuchaygan.

«19 sentabr kuni Ahmadbeyli-Fuzuliy-Shusha avtomobil yo‘lida Ozarboyjonning Qorabog‘ iqtisodiy rayonida Armaniston qurolli kuchlari razvedka-diversiya guruhlari tomonidan ilgari terrorchilik maqsadida o‘rnatilgan mina portlashi natijasida tinch aholi vakillari halok bo‘ldi va Ozarboyjon avtomobil yo‘llari davlat agentligiga tegishli avtomashina ishdan chiqdi. Shu kuni Armaniston qurolli kuchlarining razvedka-diversiya guruhi tomonidan qo‘yilgan minadan Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlar harbiy xizmatchilarini olib ketayotgan avtomashinaning portlashi natijasida harbiylarimiz halok bo‘ldi va yarador bo‘ldi. Bunday faktlar Armanistonning Ozarboyjonga qarshi olib borilayotgan maqsadli va tizimli terroristik siyosatining davomidir», deyiladi bayonotda. 

Bildirilishicha, Ozarboyjon Respublikasi Mudofaa vazirligi 2020 yil 10 noyabrda imzolangan Uch tomonlama bayonot qoidalarini buzgan holda, Armaniston qurolli kuchlarining Ozarboyjonning Qorabog‘ iqtisodiy hududida bo‘lishi mintaqada tinchlik va barqarorlikka tahdid manbasi ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. 

«Uch tomonlama bayonot qoidalarini ta’minlash maqsadida Qorabog‘ iqtisodiy hududida keng ko‘lamli provokatsiyalarni bostirish, Armaniston qurolli kuchlarini qurolsizlantirish va chiqarib yuborish, ularning harbiy infratuzilmasini zararsizlantirish, hududlarga qaytgan tinch aholi xavfsizligini ta’minlash, ozod qilingan davlat xizmatchilari, qurilish-ta’mirlash ishlariga jalb etilgan harbiylarimiz hamda Ozarboyjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash bo‘yicha mintaqada mahalliy antiterror tadbirlari boshlandi.

Oldin va chuqurlikda yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalanish bo‘yicha tadbirlar doirasida Armaniston qurolli kuchlari qo‘shinlarining pozitsiyalari, ularning o‘q otish punktlari, shuningdek, jangovar vositalar va harbiy obektlari yaroqsiz holga keltirilyapti. 

Biz tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi nishon emasligini, faqat qonuniy harbiy nishonlar maqsad ekanini yana bir bor ta’kidlaymiz. 

Rossiya Federatsiyasi tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi va Turkiya-Rossiya monitoring markazi rahbariyatiga olib borilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi», — deyiladi mahkama xabarida. 

Mavzuga oid