Jamiyat | 14:22 / 01.04.2022
11473
5 daqiqa o‘qiladi

“To‘ng‘ichim vafot etib, 7 yil deganda shu qizim tug‘ilgandi, unda esa oqqon...” – farzandini qutqarish ilinjidagi ota-onalar hasrati 

Ular farzandlari haqida iztirob, alam va ko‘zyosh bilan gapirishadi. Ularni shunchaki tinglab bo‘lmaydi, chunki hasrat cho‘kkan nigohlarga qarashning o‘zi og‘ir. Bugun ham yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan, bolasining dardi oldida chorasiz ota-onalar iltijosiga quloq tutamiz.

Qizini davolatish uchun mardikorlik qilayotgan ota

Xorazmdan kelib yashayotgan Suhrob ikki qizini bekam-u ko‘st katta qilish, yaxshi ta’minlash maqsadida xorijga borib ishlar edi. Bir kuni unga uydan qo‘ng‘iroq qilib, zudlik bilan orqaga qaytishi lozimligini, katta qizi Kamola oqqonga chalinganini aytishdi.

“To‘ng‘ich farzandimiz vafot etgach, 7 yil deganda shu qizim tug‘ilgan edi. Bu xabarni eshitish juda og‘ir bo‘ldi. Qaytishga majbur bo‘ldim.

Hozir qizimni davolatish uchun poytaxtda ijarada yashaymiz. O‘zim mardikor bozorda kunlik ish qidiraman. Qarz-havola qildim, yaqinlarim yordam berishdi”, — deydi u.

Kamola Odilbekovaga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0417 6375 3275 onasi Navbahor Bekmetova nomida

Humo: 4073 4200 1042 4921 onasi Navbahor Bekmetova nomida

Yolg‘iz ayolning xasta farzandi

Nurmuhammad hozir 4 yoshda. 3 yildan beri har oyda qon olib yashayotgan bolajonni taqdir xastalikdan tashqari otasiz o‘sishga ham hukm qilgan. Onasi Maftuna Sultonovaning aytishicha, ular ajrashishgandan beri turmush o‘rtog‘i bolaning holidan xabar olmaydi. Ona-bola Maftunaning ota uyida yashaydi. Davlat tomonidan beriladigan 850 ming so‘m nafaqa evaziga kun ko‘rishadi.

“Qiynalib ketdim judayam, lekin bolamni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqaman. Kasalxonalarda ovqatsiz qolib ketamiz. Chunki bolam kasalxonadagi ovqatni yegisi kelmaydi. Shunaqa paytlarda noiloj yonimizdagi bemorlardan iltimos qilib, ularning ovqatidan yeymiz”, — deya zor yig‘laydi yo‘qchilikdan, darddan kuyinib ayol.

Nurmuhammad Allanazarovga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 3799 2809 onasi Maftuna Sultonova nomida

Humo: 9860 1801 0446 7485 onasi Maftuna Sultonova nomida 

“Uyimiz bo‘lganda sotib bo‘lsayam davolatardik”

Sirdaryolik Baljan ham o‘zi nimaligini bilmaydigan kasalning o‘ljasiga aylangan. Bir yil avval burni qonab, badanida ko‘karishlar paydo bo‘lganida yo‘qchilik girdobidagi farzandining qanday dardga chalinganini bilishmagan edi. Onasi Nuripa Hojiboyeva buni afsus-nadomatlar bilan gapiradi:

“Ijarama-ijara yashab kasallik boshlanganda uncha ahamiyat bermabmiz. Tekshirtirganimizda shu kasal aniqlandi. Uy-joy topilar ekan, ammo bolamning sog‘ligiga hech narsa yetmaydi.

Turmush o‘rtog‘im oddiy ishchi bo‘lib ishlaydi. Topgani ijaramiz, gaz-svetimizdan ortmaydi. Yeb-ichish to‘g‘risida o‘ylashga-ku umuman iloj yo‘q. Uyimiz bo‘lganda sotib bo‘lsayam davolatardik”.

Baljan Baxtiyorovaga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 8667 1254 onasi Hojiboyeva Nuripa nomida

Humo: 9860 0803 0298 8078 onasi Hojiboyeva Nuripa nomida 

“Bir emas, ikki o‘g‘lim ham shu dardga chalinadimi?”

Yuqoridagilardan ikki hissa dardni vujudida ortmoqlab Namangandan kelgan bu onaning bir emas, ikki o‘g‘liga oqqon tashxisi qo‘yilgan.

“10 yildan beri har 20 kunda katta o‘g‘limga qon quydiramiz. Avval qornida shish paydo bo‘lgach, talog‘ini oldirdik. To‘ng‘ichim 6 yosh bo‘lganda yana o‘g‘illi bo‘ldik, 7 oylik chaqalog‘imda ham kasallik alomatlari ko‘rina boshlagach tekshirtirdik. Afsuski u bolam ham shu kasalga duchor bo‘lgan ekan.

Chidolmadim. Bir emas, ikki farzandim ham shu kasalga chalindi: birini 10 yildan, birini 3,5 yildan beri davolatib kelamiz. Hech narsamiz qolmadi, ochig‘i. Xo‘jayinim kira qilardi, mashinasini sotib bolalarimni davolatishga ishlatdik. Umrimiz kasalxonada o‘tadi: birini davolatsak, ikkinchisini davolanish vaqti kelib qoladi”.

Bolalarga xorijda davolatish mumkinligini aytishgan. Lekin bu katta mablag‘ talab qilgani sababli oilaga yaxshilar ko‘magi lozim.

Dilmurod va Azizbek Hamidovlarga oid ma’lumotlar:

Onasi Shahnoza Mamajonova

Uzcard: 8600 0610 6255 5171 onasi Shahnoza Mamajonova

Viza: 4231 2000 0915 4617 onasi Shahnoza Mamajonova

Mavzuga oid