Texnologiya | 17:00 / 20.03.2026
8466
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Geely jahon bozorida Xitoyning yetakchi avtomobil brendiga aylandi va O‘zbekistondagi mavqeyini ham yanada mustahkamlamoqda

Geely 2026 yilning dastlabki ikki oyi natijalariga ko‘ra umumiy savdo hajmi bo‘yicha jahon bozorida Xitoyning eng yetakchi avtomobil brendiga aylandi. Yanvar va fevral oylarida kompaniya 476 327 dona avtomobil yetkazib berdi. Bunga elektr avtomobillar, gibridlar va an’anaviy (ichki yonuv dvigatelli) avtomobillarni qamrab olgan keng modellar qatori, shuningdek eksport hajmining o‘sishi va xalqaro bozorlardagi talabning ortishi sabab bo‘ldi.

Foto: Geely

Bu natijalar Geely bugungi kunda nafaqat yirik mahalliy ishlab chiqaruvchi, balki xalqaro bozorlarda ham o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab borayotgan global avtomobil brendi sifatida qaralayotganini ko‘rsatadi. Kompaniyaning eksport natijalari ham buni tasdiqlaydi: 2026 yil fevral oyida Geely’ning eksport savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 138 foizga oshdi. Bugun dunyoning turli mamlakatlaridagi haydovchilar Geely’ni maqbul narxdagi sifatli avtomobil sifatida tanlamoqda. Brend dizayn, texnologiya, qulaylik va amaliylik uyg‘unligi bilan e’tibor qozonmoqda.

O‘zbekistonda ham Geely’ning o‘sishi Toshkent, Farg‘ona va Buxoro kabi yirik shaharlarda dilerlik hamda servis tarmog‘ining bosqichma-bosqich kengayib borayotgani bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu esa mijozlarga avtomobillar bilan yaqindan tanishish, kerakli maslahat olish va sotuvdan keyingi xizmatlardan qulay foydalanish imkonini beradi. Chunki bugun avtomobil tanlashda faqat tashqi ko‘rinish yoki narx emas, balki xavfsizlik, zamonaviy texnologiyalar, servis sifati va brendning bozordagi uzoq muddatli ishonchliligi ham katta ahamiyatga ega.

Savdo ko‘rsatkichlari va tarmoq kengayishidan tashqari, brend rivoji Geely avtomobillarini tanlagan haydovchilar tajribasida ham o‘z aksini topmoqda. Ularning fikrlari mijozlar uchun amalda nimalar muhim ekanini yaqqol ko‘rsatadi: dizayn, qulaylik, xavfsizlik, aqlli texnologiyalar va sotuvdan keyingi xizmatga bo‘lgan ishonch.

«Men Geely’ni ishonchli va xavfsiz avtomobil deb bilganim uchun tanladim. Yaxshi servis va sotuvdan keyingi xizmat ham men uchun muhim. Geely modellari o‘z narxiga nisbatan juda yaxshi qulaylik va funksiyalarni beradi».

«Bu mashinani sotib olishdan oldin ancha o‘rgandim, boshqa avtomobillar bilan solishtirdim, boshqalarning fikrini ham eshitdim. Oxirida Geely’ni tanladim, chunki u men ko‘rib chiqqan boshqa modellarga qaraganda ko‘proq ustunliklarga ega deb o‘yladim. Menga bu modelning dizayni, qulayligi va aqlli texnologiyalari yoqdi».

O‘zbekistonda Geely’ga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Chunki tobora ko‘proq haydovchilar zamonaviy ko‘rinish, foydali texnologiyalar va kundalik foydalanishdagi qulaylikni birlashtirgan avtomobillarni izlamoqda. Geely O‘zbekiston bozorida mijozlarga sifatli avtomobillar, ilg‘or xavfsizlik standartlari, aqlli texnologiyalar hamda mamlakat bo‘ylab ishonchli dilerlik va servis tarmog‘i orqali munosib tanlovni taklif etishda davom etadi.

Muborak Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan “Geely Auto Uzbekistan” jamoasi O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ ayyomlar bilan samimiy tabriklaydi va har bir xonadonga tinchlik, farovonlik va baraka tilaydi.

Shuningdek, Geely O‘zbekistondagi mijozlar uchun foizsiz qulay muddatli to‘lov imkoniyatlarini, avtomobil uchun 6 yil yoki 150 000 km gacha, elektr quvvat tizimi uchun esa 8 yil yoki 150 000 km gacha bo‘lgan uzoq muddatli kafolatni taklif etmoqda. Bu esa brendning mijozlarga sifat, xavfsizlik va uzoq muddatli kafolat borasida yanada ko‘proq ishonch berishga intilayotganini ko‘rsatadi.

Batafsil ma’lumot uchun:

Koll-markaz: +998 55 510 02 90

Vebsayt | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid