O‘zbekiston | 16:39 / 21.09.2021
6914
1 daqiqa o‘qiladi

Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha postlar tashkil etiladi

“Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tun-u kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari joylashgan hududlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablar o‘rnatiladi

Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:

  • yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari va postlar tashkil etiladi;
  • xizmatga jalb qilingan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;
  • tadbirkorlar mol-mulkini qo‘riqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.

Qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Mavzuga oid