Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrining bir qator ko‘chalari hamda M-37 va M-39 trassalari 7-8 sentabr kuni vaqti-vaqti bilan yopiladi
Xalqaro musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan ikki kun davomida shaharning bir nechta ko‘chasida transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.
Joriy yil 7-8 sentabr kunlari Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha "Challenge Samarkand-2024" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqalarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish va tadbirlar bo‘lib o‘tadigan kunlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida shaharning bir qator ko‘chalari hamda M-37 va M-39 xalqaro avtomobil yo‘llari vaqti-vaqti bilan yopiladi.
Jumladan:
· Usto Umar Jo‘raqulov;
· Universitet xiyoboni;
· Sadriddin Ayniy;
· Islom Karimov;
· Toshkentrakt;
· Shohi Zinda;
· M-39 (O‘zbektrakt);
· M-37 yo‘li;
· Ibn Sino;
· Zargaron;
· Registon;
· Motrid;
· Dahbed;
· Shabod ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.
Mavzuga oid
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
10:53 / 20.04.2026
Shavkat Mirziyoyev: Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin
11:22 / 10.04.2026
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda
09:10 / 24.03.2026