11:46 / 15.06.2024
5055

Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi bojxona posti sentabrda foydalanishga topshiriladi

Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalarini bog‘lovchi chegara bojxona posti qurilish ishlari jadallashdi.

Foto: Bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i U.Qodirov “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

"Uchqo‘rg‘on" chegara bojxona posti shu yilning sentabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Boshqarma boshlig‘i post qurilishi bilan tanishuv jarayonida pudrat tashkiloti tomonidan ishlarni jadallashtirish, qurilish sifatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.

Shuningdek, qurilish jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur chegara bojxona postining ochilishi Namangan viloyati va Uchqo‘rg‘on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratibgina qolmay, logistika, xizmat ko‘rsatish sohalarining takomillashtirilishiga ham xizmat qiladi.

Top