Japarovning jiyani unashtirish marosimiga FVV vertolyotida uchib keldi. Qirg‘iziston prezidenti uzr so‘rashga majbur bo‘ldi
Vertolyotning ijara narxi ushbu mamlakatdagi yarim yillik maoshga teng.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘zining unashtiruv marosimida favqulodda vaziyatlar vazirligi vertolyotidan foydalangan jiyani Lazzat Nurkojoyeva uchun uzr so‘radi. Prezidentning bu boradagi izohi «Kabar» agentligi tomonidan e’lon qilingan.
23 yoshli Lazzat Nurkojoyeva — Japarovning qarindoshlari orasidagi eng mashhur shaxs hisoblanadi. Uning shaxsiy libos brendi va instagramda 180 ming obunachisi bor. U o‘z xatti-harakatlari yoki ijtimoiy tarmoqdagi izohlari tufayli bir necha bor mojaro markazida qolgan.
Unashtiruv marosimi 24 iyun kuni Qirg‘izistondagi Oruu-Say darasida bo‘lib o‘tgan. U yerda olingan videoni Nurkojoyevaning o‘zi instagramga joylashtirgan: unda u va qallig‘i daraga FVVga tegishli bo‘lgan vertolyotda uchib kelishi, keyin esa do‘stlari hamda yaqinlari kutib turgan, hashamatli qilib bezatilgan platformaga ko‘tarilgani aks etgan. Bu post ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi, ular Nurkojoyevani oilaviy aloqalaridan foydalanishi uchun qoralashgan.
Qirg‘iziston FVV vertolyotlarni rasman ijaraga beradi. Vertolyotning bir soatlik ijara narxi 185 ming somdan (2150 dollar atrofida). Qirg‘izistondagi o‘rtacha maosh miqdori esa bundan qariyb olti barobar kam — 33 ming som (380 dollar atrofida).
Japarov o‘z izohida vertolyotlarni ijaraga berishdan keladigan pullar budjetga tushishini, — bu pullar evaziga FVV vertolyot parkini yangilashini eslatib o‘tgan. Shu bilan birga, u o‘z oilasi a’zolari pul sarflashda o‘zini tiyishi lozimligini qayd etib o‘tgan.
«Mamlakat rahbariyatiga yaqinlar boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Men isrofgarchilikka chek qo‘yish lozimligi haqida ko‘p takrorlayman. Hech bo‘lmaganda, bo‘lajak kuyov meni qo‘llab-quvvatlab, qo‘lni bunday so‘rashdan oldin o‘ylashi kerak edi. U tanqidga uchramaslikka, prezidentni noqulay holatda qoldirmaslikka harakat qilishi kerak edi. O‘ylaymanki, u yoshlik qilgan. Agar u kelib, uning qo‘lini oddiygina so‘raganida ham uni rad qilishmasdi», degan u.
Japarov shuningdek o‘z yaqinlaridan davlat ishlariga aralashmaslikni talab qilishiga ishontirgan. «Avvallari men boshqalarni tanqid qilardim. Endi bu o‘zimga qaytmoqda. Men o‘z qarindoshim uchun xalqdan kechirim so‘rayman», — degan prezident. U jiyani bundan xulosa chiqarishi va «kelgusida oqilona ish tutishi»ga ishonch bildirgan.
Japarov Qirg‘izistonni 2021 yil yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. U Sooronbay Jeenbekov ag‘darilishi ortidan hokimiyatga kelgan — Qirg‘iziston aholisi prezident muhim davlat lavozimlariga o‘z qarindoshlarini tayinlaganidan norozi bo‘lgani davlat to‘ntarishining asosiy sabablaridan biri edi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
-
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 18:09
-
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
Jahon | 18:05
-
Politico: YeI va Britaniya AQSh bilan savdo urushiga tayyorlanmoqda
Jahon | 17:59
Mavzuga oid
17:28
Qirg‘izistonda simob sotishga uringan o‘zbekistonlik ushlandi
00:15
Qirg‘izistonda ekstremistik materiallarni targ‘ib qilgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
16:41 / 17.01.2025
Qirg‘iziston janubini ilgari Salim Abduvaliyev nazorat qilgani aytildi
15:20 / 08.01.2025