O‘zbekiston | 22:30 / 26.08.2018
9295
1 daqiqa o‘qiladi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bilan suhbat uchun savollar qabul qilinadi

Foto: Tatariston xalqlar assambleyasi va do‘stlik uyi portali

«Kun.uz» Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbari Muzaffar Saliyev bilan suhbat-intervyu uyushtiradi.

Suhbat davomida sohada olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar muhokama etiladi.

Sayt o‘quvchilaridan ham vazirga savol va murojaatlar qabul qilinadi. Kelib tushgan savollar dolzarbligiga qarab saralanadi.

Savollarni ushbu havola orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 2017 yilning aprelida tashkil etilgandi. Erkin Iskandarov o‘rnini egallagan Muzaffar Saliyev 2017 yilning iyulidan buyon vazirlikni boshqarib kelmoqda. U muqaddam Mudofaa vaziri o‘rinbosarlaridan biri bo‘lgan.

Mavzuga oid