O‘zbekiston hududiga biroz nam va salqin havo kirib keladi
Joriy yil 10-12 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 10-12 sentabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.
11 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamol kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.
11 sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12 sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublika tog‘li hududlarida ham yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda (2500 metrdan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
11-12 sentabrda respublika hududi katta qismida havo harorati kechalari 10-13 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 25-28 daraja issiqqacha pasayadi.