O‘zbekiston | 02:05 / 07.04.2018
52897
1 daqiqa o‘qiladi

«Prezident trassasi»dagi temir panjaralar olib tashlandi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek va Mustaqillik shohko‘chalari avtomobil yo‘li o‘rtasidagi temir to‘siqlar olib tashlanmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Mustaqillik va Mirzo Ulug‘bek shohko‘chalari yo‘li o‘rtasiga o‘rnatilgan temir to‘siqlarni olib tashlash ishlari ayni avjida. Suratda Buyuk Ipak yo‘li metro bekati atrofi aks ettirilgan. Xalq orasida «Prezident trassasi» nomi bilan mashhur yo‘lda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘ldan tramvay qatnovi olib tashlangach, temir to‘siqlar qo‘yilgandi.