Jahon | 20:30 / 21.07.2019
188737
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston elchixonasi Berdimuhammedovning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi

Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning o‘limi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda TASS agentligi turkmanlarning Moskvadagi diplomatik missiyasi xodimiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

«Internetda tarqalgan xabarlar mutlaqo yolg‘on», degan manba.

«Interfaks» manbasi ham bu ma'lumotni tasdiqlamagan.

«Bu axborot emas, soxta axborot. Bu umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», degan elchixona xodimi.

Shuningdek, Turkmanistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi ham prezident o‘limi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan. Qirg‘iziston TIV ham bu ma'lumotni «yolg‘on xabar» deb atagan.

20-21 iyul kunlari qator nashrlarda 5 iyuldan buyon omma qarshisida ko‘rinish bermayotgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 62 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. 

Shuningdek, uning «g‘oyib bo‘lishi» Germaniyada da'volanayotgan onasi Ogulabat Berdimuhammedovaning ahvoli og‘irlashgani bilan bog‘landi.

Gurbanguli Berdimuhammedov 1957 yilda Ashxobodda tug‘ilgan. U 2006 yil dekabrida Saparmurod Niyozov (Turkmanboshi) vafot etgach hokimiyatga kelgan - 2007 yil 14 fevralida Turkmaniston prezidentiga aylangan. U 2017 yilgi saylovlarda 97 foiz ovoz olib, uchinchi muddatga qayta saylangandi. Bu saylovdan oldin esa mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilib, prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilgandi.

Mavzuga oid