«Turkmangaz» «Gazprom» bilan gaz yetkazib beriş böyiça şartnomani uzaytirmadi. Tomonlar yoqilğining yangi narxi böyiça kelişa olmagan. Bu haqda «Turkmengaz» rahbari Maqsad Babayevga tayanib TASS xabar berdi.

«Şartnoma şartlariga muvofiq, 30 iyun sanasigaça narxlarni qayta körib çiqiş nazarda tutilgandi. Agar tomonlar narx böyiça kelişuvga erişsa, şartnomani uzaytiriş imkoni bor edi. Biz muzokaralar olib bordik, ammo tijorat masalasida umumiy kelişuvga erişa olmadik», deya ta’kidlagan Maqsad Babayev.

«Turkmengaz» rahbarining qöşimça qilişiça, ta’minotni boşlaş, qayta tiklaş yoki töxtatişning asosiy şarti şartnomaning tijorat qismidir.  

Ma’lumot uçun, «Gazprom» 2019 yilda «Turkmengaz» bilan beş yil muddatga — 2024 yil 30 iyungaça tabiiy gaz sotib oliş böyiça şartnoma tuzgandi. Unga köra, Turkmanistondan «Gazprom»ga yiliga 5,5 milliard kub metr gaz yetkazib berilişi kerak bölgan.