Jamiyat | 12:27 / 28.07.2016
12034
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi
Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyati hududida Olmaotadan Yekaterinburgga yo‘l olgan transport vositasi ishtirokida yirik YTH ro‘y berdi va 6 kishi halok bo‘ldi.
TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu hodisa oqibatida 37 kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlarning 2 nafari, jarohatlanganlarning esa 11 nafari rossiyalik ekani aniqlangan.
Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.